Каталог статей
Меню сайта

Категории каталога
Mashhur shaxslar [3]
O'zbek kino yulduzlari [0]

Форма входа

Поиск

Друзья сайта


Приветствую Вас, Гость · RSS 02.05.2024, 12:18

Главная » Статьи

Всего материалов в каталоге: 3
Показано материалов: 1-3

Aflotun jahon falsafasi tarixida o`chmas iz qoldirgan alloma hisoblanadi. Uning asl ismi Platondir. U nafaqat faylasuf, balki, san`atkor, shoir va dramaturg bo`lgan. U o`z g`oyalarini dialog ko`rinishida yozib qoldirgan. Aflotun eramizdan avvalgi 428-yil 21-mayda Delos orolida tug`ilgan. Undan 35 dan ziyod dialog shaklidagi asarlar qolgan. Arastuning Aflotun haqidagi ma`lumotlarini yagona ishonchli manbaa deb atashimiz mumkin. Chunki Arastu Aflotunning eng yaqin do`sti va shogirdi bo`lgan.
Aflotun "G`oyalar dunyosi va soyalar dunyosi" ta`limotining asoschisidir. Uningcha, g`oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy o`zgarish va taraqqiyot faqatgina g`oyalar dunyosiga hos bo`lib, soyalar dunyosidagi harakat uning aksi hisoblanadi. G`oyalar dunyosi qonunlarini faqatgina yuksak bilim egalari biladi, deb hisoblagan.
Aflotunning jamiyat va davlat to`g`risidagi ta`limoti uning dunyoqarashida markaziy o`rinlarni egallaydi. U siyosiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni bo`lgan. Aflotun ijtimoiy-siyosiy masalalarga oid "Davlat", "Qonunlar", "Kritiy" asarlarini yozib qoldirgan. "Davlat" asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzumi to`g`risidagi qarashlarining markaziy ta`limoti - g`oyalar nazariyasi bilan uzviy bog`liq holda ilgari surgan. Uning fikriga ko`ra davlatning to`rtta shakli mavjud: teokratiya, oligarxiya, demokratiya va tiraniya. Faylasufning ideal davlat to`g`risidagi orzulari asosini adolatli jamiyat tashkil etadi. Aflotun aytganidek, jamiyat barcha a`zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo`ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir.
Mashhur shaxslar | Просмотров: 1167 | Добавил: muhammad95 | Дата: 21.12.2008 | Комментарии (1)

Abu Rayhon Beruniy – ajoyib alloma, o`zining ilmiy qiziqishlarinig turli-tumanligi, g`oyalarining betakrorligi va teranligi bilan hayratda qoldiruvchi, tabiiyot, falsafa, tarix, filologiya kabi fanlarning dolzarb masalalariga bag`ishlangan 150 tadan ortiq asarlarning muallifidir. U o`rta asrlar davrining buyuk qomusiy mutafakkiri, insonparvar olim edi.
Abu Rayhon Beruniyning dunyoqarashi X asrning oxiri – XI asrning boshida O`rta Osiyoda shakllangan. U Xorazm davlatining ilk feodal davridagi poytaxti bo`lgan Kyat shahrining yonida hijriy 362 yilning zulhijja oyi 2-sanasida (eramizning 973 yil 4 sentyabr kuni) tug`ilgan. Vatanida u yaxshi ta`lim olish imkoniyatiga ega bo`lib, yoshligidan o`z ilmiy faoliyatini boshlagan. Xorazmda yuz bergan turli siyosiy voqealar tufayli Beruniy vatanidan ketib, taxminan 988 yildan 1004 yilgacha Kaspiy dengizining janubiy-sharqiy qirg`og`idagi Gurgan shahrida yashagan. Bu davrda u «O`tmish avlodlarining yodgorliklari» nomli yirik asarini yaratgan.
1005 yilda Beruniy Xorazmga qaytib, xorazmshoh Abu Abbos Ma`mun ibn Ma`mun (1009 - 1017) huzurida hurmat-e`tibor qozonib yashagan. 1017 yilda sulton Mahmud G`aznaviy (998 - 1034) Xorazmni o`ziga bo`ysundirib, shu yiliyoq Beruniy ba`zi boshqa olimlar bilan birgalikda istilochi sulton orqasidan G`azna shahriga ketishga majbur bo`ldi, u yerda to umrining oxirigacha yashadi.
Sulton Mahmudning poytaxti G`aznadagi o`zi uchun noqulay sharoitlarga qaramay, Beruniy ilmiy tadqiqotlarga butun umrini bag`ishladi.
Sultonning qo`shinlari bilan birgalikda Beruniy bir necha marta Hindistonga borgan. O`zining ushbu sayohatlaridan u bu ajoyib mamlakatni o`rganib chiqish uchun foydalangan, natijada 1030 yilda olim Hindiston to`g`risida buyuk asar yozgan. Undan avvalroq, 1025 yilda Beruniy «Geodeziya» nomli kitobini yozib tugatdi. Mahmudning merosxo`ri bo`lgan sulton Mas`udga (1030-1041) Beruniy o`zining matematika va astronomiyadan yozilgan eng yirik asarini – «Mas`udnoma» ni bag`ishladi. Undan keyingi sultonning hukmronligi paytida (1041-1048) Beruniy mineralogiya bo`yicha katta asarni yozdi, umrining oxirida esa – «Saydana» nomli asarni yaratdi.
Olim G`azna shahrida hijriy 440 yil rajab oyining 2-sanasida (1048 yil 11 dekabr kuni) vafot etdi

Mashhur shaxslar | Просмотров: 2246 | Добавил: muhammad95 | Дата: 21.12.2008 | Комментарии (1)

U 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. 5-10 yoshlarida maktabda talim oldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq, tibbiyot, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o`rganadi. 16 yoshidan boshlab turli fanlar bo`yicha Sharq va G`arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqqil o`rganadi. Ayniqsa u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Golen hamda o`rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutaffakiri Abu Bakr ar-Roziy (864-925)ning asarlarini puxta o`rganadi. Ibn Sino 17 yoshidayoq e`tiborli hakim va olim bo`lib yetishadi. U amr Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Kutubxinada u bir yil davomida turli sohalardagi ilmiy asarlarni mutolaa qilib, bilmlarni chuqurlashtiradi. XI asr oxiri va X asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda yuzaga kelgan og`ir sharoitda ibn Sino o` ona shahri Buxoroni tark etib, avval Urganchda, Xorazmshoh Ma`mun saroyidagi olimlar qatoridan joy olsadi. So`ngra Mahmud G`aznaviyning tazyiqi tufayli Xorazmdan ham chiqib ketadi. U umrining oxirigacha Obivat, Go`rgon, Ray, Qazvin, Isfaxon, Xamadon shaharlarida hukmdorlar qo`lostida tabiblik va vazirlik qiladi. 1037-yilda Xamadonda vafot etadi. Ibn Sino arab va Fors tillarida fanning turli sohalari bo`yicha 300 dan ortiq asarlar yozdi. Bu asarlarning eng buyugi “Tib qonunlari” asaridir.
Mashhur shaxslar | Просмотров: 1469 | Добавил: muhammad95 | Дата: 21.12.2008 | Комментарии (0)