Меню сайта

Разделы новостей
Musiqa [13]
Programmalar [2]
Qiziq [2]
Avto olami [0]
Fikrlar [0]
Sport [2]
Rasmlar [0]
Kino olami [1]
O'yinlar [1]
Kino (Ko'chirib olish) [1]

Календарь новостей
«  Октябрь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Форма входа

Поиск

Друзья сайта


Приветствую Вас, Гость · RSS 02.05.2024, 15:47

Главная » 2008 » Октябрь » 5 » Diqqat premyera: "FARYOD"!
Diqqat premyera: "FARYOD"!
20:53

Gung odamlarni hech kuzatganmisiz? Odatda ular nigohlari orqali so’zlaydilar, qalbi bilan gapiradilar. Nogironlar boshqacha bir dunyoda yashayotgandeklar. Biroq… Ular ham biz kabi taqdir charxpalagida aylanayotgan odamlar. Ularning ham orzu-umidlari, quvonch va armonlari bor…
“Muzaffarfilm” studiyasida suratga olingan “Faryod” filmi bir oilaning qismati, soqov ota-onaning va ularning yakkayu yagona qiz farzandi boshiga tushgan hayotiy sinovlar haqida hikoya qiladi...

Avvaliga bu film “Qalb faryodi” deb nomlangan edi. Film g’oyasi asosida farzandining baxti uchun jonini ham ayamaydigan oddiy, kamsuqum o’zbek oilasining taqdiri, hayot yo’li yotadi.
Melodrama janridagi “Faryod” filmining rejissyori Said Muxtorovdir. Bu ijodkorning “Marjona”, “Shabbona” kabi badiiy filmlari tomoshabinlarimizga yaxshi tanish.
“Faryod” filmida ham ijodiy kashfiyotlar ko’p. Bosh qahramon Said obrazini yosh aktyor Rahim G’ofurov ijro etdi. Rejissyorning ta’kidlashicha, bu aktyorning ijodiy potensiali kuchli. Demak,o’zbek kinosida yana bir iste’dod paydo bo’lishiga umid bor. Oygul roliga esa keyingi paytda kinoga tez-tez taklif etilayotgan yosh aktrisa – Jamila G’ofurova munosib deb topildi. Soqov ota-onaning yolg’izginasi bo’lgan bu qizning taqdirida og’ir musibatlar bitilgan. Aktrisaning zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklatilgan.
“Faryod” filmining ssenariy mualliflari - Jahongir Qosimov va Said Muxtorovdir. Filmda taniqli aktyor Ubaydulla Omonni butunlay o’zgacha qiyofada ko’rasiz.
“Faryod” filmidagi asosiy qahramonlar rolini Muhammadali Abduqunduzov, Shohida Ismoilova, Yulduz Hamidova, Muslimbek Yo’ldoshev, Shirin Kazakova talqin etdi
 
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Ozodbek Nazarbekovning “Yuragim” qo’shig’iga filmning soundtreki ishlandi. “Faryod”ning syujetini ko’rgan honanda “Yuragim” qo’shig’ini film uchun qaytadan ishladi. Qo’shiqning g’oyasi filmga hamohang bo’ldi.
Просмотров: 2842 | Добавил: muhammad95 | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: